Yagona jamoa shartnomasi orqali mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, ularni bandligini taʼminlash, mehnat muhofazasi yoʼnalishidagi ishlar sifatini oshirish, xodimlar va ularning oila aʼzolari turmush farovonligini yaxshilash borasida ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Oʼzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida “Oʼzbektelekom” АK bilan hamkorlikda Yagona jamoa shartnomasi orqali mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, ularni bandligini taʼminlash, mehnat muhofazasi yoʼnalishidagi ishlar sifatini oshirish, xodimlar va ularning oila aʼzolari turmush farovonligini yaxshilash borasida ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Joriy yilning 13-17 yanvarь kunlari “Oʼzbektelekom” АK tizimidagi filiallar direktorlari va bosh buxgalterlari uchun tashkil etilgan oʼquv-seminar mashgʼulotlarida Respublika kengashi maʼsul xodimlari ham ishtirok etib, 2019 yil mobaynida Yagona jamoa shartnomasida belgilangan vazifalarni bajarilishi, ayrim hollarda yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalarida tegishli tavsiyalar berildi.
Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqiy himoyasini taʼminlashda jamoa kelishuvlari va shartnomalari muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, ularni yangi muddatga qabul qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Tarmoq kelishuvi, “Oʼzbektelekom” АK Yagona jamoa shartnomasini 2020-2022 yillarga moʼljallangan loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ikki tomonlama komissiyaning dastlabki muhokamalarini eʼtiborga olib, amaldagi imtiyozlarni kelgusi yillarda ham amalga oshirish rejalashtirildi.
Oʼquv mashgʼuloti ishtirokchilari tomonidan 2020-2022 yillarga moʼljallangan “Oʼzbektelekom” АK Yagona jamoa shartnomasi loyihasiga filiallar mehnat jamoalari tomonidan berilgan takliflar yuzasidan juda samarali fikr almashilindi.
Kelgusida xodimlarni huquqiy himoyasi yuzasidan ishlarni yanada samarali olib borish uchun Oʼquv-seminar ishtirokchilariga Respublika kengashi tomonidan ishlab chiqilgan “Korxona rahbari va kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi uchun eslatma” broshyura taqdim etildi.
Yangi taxrirdagi “Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida”gi qonun mazmun-mohiyati toʼgʼrisida, ayniqsa kasaba uyushmalari inspektsiyalari borasida tushuntirishlar berildi.
2020 yil mobaynida barcha boʼgʼindagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlari oʼtkazilishi munosabati bilan ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshirish hamda xodimlarning ijtimoiy va hukukiy himoyasini taʼminlash borasidagi ishlarni tezkorlik bilan tahlil etish, mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga qodir boʼlgan, mehnat jamoasi aʼzolari oʼrtasida obroʼ-eʼtiborga ega, malakali va tashabbuskor xodimlarni kasaba uyushmasi organlari tarkibiga saylash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan qisqacha maʼlumot berildi.
Boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitalari tegishli ish beruvchilar bilan hamkorlikda Tarmoq, Tarif kelishuvlari va jamoa shartnomalari asosida olib borgan ijobiy ishlari negizida belgilangan reja-taqsimot ortigʼi bilan bajarilishiga erishildi.
Xususan, “Oʼzbektelekom” АK tizimida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yoʼla moddiy yordam berish va ularni qimmatbaxo sovgʼalar bilan taqdirlash maqsadida jami 263 nafar xodimga 502 mln. 544 ming soʼm, shundan 494 mln. 730 ming soʼm ish beruvchi hamda 7 mln. 814 ming soʼm kasaba uyushmasi mablagʼi yoʼnaltirildi.
-xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovgʼalar bilan ragʼbatlantirish maqsadlariga jami 464 nafar xodimga 643 mln. 111 ming soʼm, shundan 619 mln. soʼm ish beruvchi hamda 24 mln. soʼm kasaba uyushmasi mablagʼi sarflandi.
-ishlamaydigan pensionerlar(korxonaning sobiq xodimlari)ning jami 2442 nafariga 356 mln. 796 ming soʼm, shundan 292 mln. 796 ming soʼm ish beruvchi, 64 mln. soʼm kasaba uyushmasi mablagʼi hisobidan moddiy yordam koʼrsatildi.
Oʼtgan 2019 yil davomida kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan mehnat qonunchiligi talablariga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining asoslovchi konventsiyalariga rioya etish, ish haqini oʼz vaqtida toʼlanishi, eng kam mehnat haqi Yagona tarif setkasining birinchi razryadi stavkasidan kam boʼlmasligi ustidan nazoratni kuchaytirish, mehnatga haq toʼlash fondining tarif qismi va tarifga qoʼshimcha qismi oʼrtasidagi maqbul nisbatni jamoa shartnomalari vositasida oʼrnatilishini taʼminlash ishlariga ham eʼtibor qaratildi.
Natijada Vazirlik boʼyicha oʼrtacha oylik ish haqi oʼtkan yilga nisbatan 1,4 barobarga, ushbu koʼrsatkich “Oʼzbektelekom” АK boʼyicha 1,5 barobarga oʼsishiga erishildi.
Kelgusida “Oʼzbektelekom” АK maʼmuriyati bilan hamkorlikda asosiy eʼtibor xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va qonuniy haq-huquqlarini himoyalash, huquqiy madaniyatini oshirish, mehnat munosabatlari, bandlik va mehnat muhofazasiga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarni Yagona jamoa shartnomasi orqali yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratildi.