Stol tennisi musobaqalari yakunlandi

Bugun tashkil etilgan stol tennisi musobaqasining final bosqichida 15 ta tashkilot g‘oliblari jami 30 nafar, shundan 15 nafari qizlar, o‘zaro bellashdilar.

Soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini mustahkamlash, ma’naviy sog‘lom, jismonan etuk etib tarbiyalash, ichkilikbozlik, giyohvandlikning oldini olish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni kundalik xayot tarziga aylantirish, kamxarakatlik tufayli yuzaga keluvchi turli kasalliklardan o‘zini saqlashiga ko‘maklashish hamda jismoniy tarbiya va sportni sohaning yosh xodimlari hamda ular oila a’zolarining kundalik turmush tarziga aylantirish kasaba uyushmalarining asosiy vazifalaridan biridir.

Ushbu maqsadda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya  xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi 2019 yil 4 oktyabrdagi 15-22 “o” sonli Rayosat qarori asosida axborot texnologiyalari sohasi korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni salomatligini mustahkamlash, ularni sportga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharotlardan oqilona foydalanish maqsadida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish borasida Tashkiliy qo‘mita shakllantirildi hamda stol tennisi musobaqalari Nizom asosida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida yakkaxon tartibda o‘tkazildi. Musobalar Toshkent shahridagi 60 yaqin korxona va tashkilotlarda tashkil etilib, ularda 1,5 ming nafardan yosh xodimlar ishtirok etdi.

Bugun tashkil etilgan stol tennisi musobaqasining final bosqichida 15 ta tashkilot g‘oliblari jami 30 nafar, shundan 15 nafari qizlar, o‘zaro bellashdilar.

Zo‘r shiddat bilan bo‘lib o‘tgan stol tennisi o‘yinlarini xa’kamlar baholab bordi.

Tashkil etilgan stol tennisi musobaqasining final bosqichining ochilish marosimi ishtirokchilar paradi bilan boshlandi. Musobaqa oldidan tashkilotchilar tomonidan yo‘llangan tilaklar esa ishtirokchilarni yanada ruxlantirdi. 

Musobaqada O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjaev va soha tizimidagi bir qator korxona va tashkilotlar rahbarlari, qatnashib so‘zga chiqishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada:

3-o‘rinni “COSCOM” MChJ, Moddiy boyliklarni xarid qilish departamenti eksperti Alautdinov Nodirxon Muxitdinxonovich,

2-o‘rinni “UNICON.UZ” DUK, AKTni rivojlantirish va tadbiq etish ilmiy-tadqiqot departamenti boshlig‘i Magdiev Shaxzod Xusenovich,

1-o‘rinni O‘zMTRK, “Sport” teleradiokanali” DUK “Translyatsiya va sport yangiliklari” bosh muharririyatining sharhlovchisi Maxamatkarimov Sandjar Maxmudxanovichlar egallagan bo‘lsa,

Ayollar o‘rtasidagi musobaqada:

3-o‘rinni “UNICON.UZ” DUK, Ishlab-chiqarish va texnik ekspertiza ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2-toifali muhandis Xamidova Ra’no Shokirovna,

2-o‘rin “COSCOM” MChJ, Texnologiyalar departamenti muxandisi Shamsutdinova Kamilla Nailevna,

1-o‘rin TShTT, Markaziy telefon bog‘lamasining keng polosali xizmatlarni rivojlantirish va aholiga xizmat ko‘rsatish guruhi el.montyori Raximova Iroda Farxod qizi egalladi.

G‘olib va sovrindorlar Respublika kengashining diplom, medal va  esdalik sovg‘alari  bilan taqdirlandilar.

 

Fotograf Farrux Aliev xabar.uz