Ucell Kompaniyasida stol tennisi musobaqasida bo‘lib o‘tdi

Ishchi-xodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari COSCOM MChJ korxonasi (Ucell savdo belgisi) rahbariyati va korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatining diqqat markazida turadi.

Shu sababli Kompaniyada doimiy ravishda turli hil sport tadbirlarini o‘tkazib turiladi. Musobaqalar xodimlarning nafaqat sog‘ligi uchun foydali, balki hamkasblar bilan faol va maroqli dam olishlariga ko‘maklashadi. Kuni kecha Kompaniya xodimlari o‘rtasida stol tennisi buyicha o‘tkazilgan musobasqalar shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 15-22-«o»-sonli 2019 yil 4 oktyabr qarori va korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2019 yil ish rejasi asosida 21 va 23 oktyabr kunlari o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasi korxona xodimlari o‘rtasida katta qizikish bilan kutib olindi.

Mazkur musobaqada o‘z kuchi va mahoratini sinab ko‘rish va birinchilikda qatnashish uchun korxonaning ayol va erkak xodimlaridan 40 ga yaqin ariza qabul qilindi.

Stol tennisi musobaqalari M. Lomonosov nomli Moskva Davlat Universitetining Toshkent shaxri filialining sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda 35 yoshgacha bo‘lgan ayol va erkaklar va 35 yoshdan katta bo‘lgan erkak xodimlar katnashdilar. Musobaqaning birinchi kunida ja’mi oltita guruh urtasida saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Har bir guruhda g‘olib bo‘lgan xodimlar musobaqaning final bosqichiga yullanmalar oldilar.

Final o‘yinlari qizikarli va keskin tarzda o‘tdi. Unda 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi musobaqada texnologiyalar departamentining muhandisi Kamilla Shamsutdinova, 35 yoshgacha bo‘lgan erkak xodimlar o‘rtasida moddiy boyliklarni harid kilish departamentining eksperti Nodirxon Alautdinov va 35 yoshdan katta erkak xodimlar o‘rtasida texnologiyalar departamentining guruh rahbari Vyacheslav Tsoy musobaqaning mutlaq g‘oliblari bo‘ldilar.

Kamilla Shamsutdinova va Nodirxon Alautdinovlar 2019 yil, noyabr oyida Toshkent shaxridagi aloqa korxonalari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan shahar birinchiligida qatnashish xuquqiga ega bo‘ldilar.

Musobaqalar yakunida barcha final ishtirokchilari maxsus diplomlar va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Nusrat Isxokov

COSCOM MChJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi