Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1990 yil 4 dekabrdagi A/RES/45/106-son rezolyutsiyasi bilan “1 oktyabr-Xalqaro keksalar kuni” deb e’lon qilingan.
Ushbu kunni keng nishonlash maqsadida oktyabrь oyining birinchi haftasi mamlakatimizda “Keksalar haftaligi” etib belgilandi. Mazkur haftalik doirasida axborot texnologiyalari kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5 oktyabr kuni “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali hamda tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida “Keksalar haftaligi” doirasida mehnat jamoasidaga keksa avlod vakillaridan 65 nafari mehnat faxriylar bilan uchrashuv tashkil qilindi. 4 oktyabr kuni filialda ishlab xozirga kunda pensiyaga chiqqan keksa va faxriylarning 83 nafariga tabriknomalar yuborildi. Jamoa shartnomasiga asosan joriy yilning 1 oktyabr kuni 1 nafar, 4 oktyabr kuni 1 nafar xodimga pensiyaga chiqishi munosabati bilan filial tomonidan 2674,180 ming so‘m miqdorida moddiy yordam berildi hamda kasaba uyushma byudjetidan 350,0 ming so‘mga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, “Keksalar xaftaligi” doirasida “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali 50 nafar, Surxondaryo uchinchi texnik bog‘lamasi 10 nafar uzoq yillar mehnat qilgan faxriy ustozlar faxriylarni xolidan xabar olish maqsadida xonadonlariga kasaba uyushma qo‘mitasi faollari borib, ularga oziq-ovqat hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etdilar. Bobir nomli Andijon axborot kutubxona markazi kasaba uyushma qo‘mitasi 4 nafar faxriy ustozlar xolidan xabar olish maqsadida uylariga tashrif buyurib kasaba uyushma qo‘mitasi byudjeti xisobidan 400 ming so‘m mablag‘ ajratildi. “O‘zI” Qarshi filiali mehnat faxriylarining madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida 3-7 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyati M.Toshmuxamedov nomidagi drama teatriga “Baxtsiz kuyov” hamda “Arshin mal alan” premьeralariga tashriflari uyushtirildi.
“Keksalar xaftaligi” doirasida “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali jamoasida mehnat faoliyatini olib borayotgan keksa avlod vakillari va mehnat faxriylaridan 35 nafari bilan uchrashuv hamda madaniy tadbir tashkil etildi. Jamoa shartnomasi asosida pensiya yoshidagi 2 nafar ishchi xodimga pensiyaga chiqishdan oldin va 10 nafar ishlamaydigan pensionerlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.