130 nafarga yaqin yoshlarni Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga tashrifi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi aktsiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarining xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha ko‘chma kubok uchun respublika bosqichi musobaqalarining 130 nafar ishtirokchilari joriy yilning 28 sentyabr kuni Samarqand shahridagi qadamjolar - Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning qabrini ziyorat qilishdi.