Diqqat! Diqqat! Diqqat!

Soha kubogi uchun 2000 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan mini futbol (futzal) musobaqasi tashkil etilayotgan sport tadbirlari ichida alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Respublika kengashi o‘rtasida “2019 yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi”ning 36 bandiga asosan, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma kubok uchun respublika musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash borasida 2019 yil 5 aprel kuni Tashkiliy qo‘mita qarori tasdiqlangan.

Mazkur qarorga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar terma jamoalari hamda Toshkent shahridagi korxonalar jamoalari o‘rtasida saralash o‘yinlari g‘oliblari bo‘lgan “O‘zbektelekom”AK “TShTT” filiali, AT  “Aloqabank” va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoalari jami 16 ta jamoa o‘rtasida respublika final bosqichi joriy yilning 25-28 sentyabrь kunlari Samarqand shahrida tashkil etish rejalashtirilgan.