O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mutaxassislari ishtirokida Qonun loyihasi ishlab chiqilib, 2019 yilning 9 iyulь kuni “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari sahifasida chop etildi, shuningdek elektron ommaviy axborot vositalari orqali umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan.
Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida Ishchi gurux tomonidan halqaro standartlardan, jumladan Xalqaro mehnat tashkilotining Konventsiya hamda tavsiyalaridan, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid milliy qonun normalaridan unumli foydalangan.
Qonun loyihasi bo‘yicha Respublika kengashining 14 ta banddan iborat tegishli takliflari joriy yilning 22 iyulь kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etilgan.
Umumxalq muhokamasida bildirgan takliflar asosida takomiliga etkazilib qabul qilingan yangi tahrirdagi qonun kelgusida Respublikamizda kasaba uyushmalarining faoliyatini yanada rivojlantirishga, kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini oshirishga, qolaversa, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi ish beruvchilar tomonidan mehnatga oid qonunchilikka rioya qilinishini bo‘yicha kasaba uyushmalarining jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
“Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar va davra suhbatlari tarmoq kasaba uyushma tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar va mehnat jamoalarida davom etmoqda.
Respublika kengashining
bosh yuriskonsulti
A.M.Axmedov