Siz mehnat muhofazasini bilasizmi?

Oliy taьlim muassasalari bitiruvchi talabalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish, kelgusi ish faoliyatlarida duch keladigan sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlariga ega bo‘lish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lishlari hamda talabalarni kasaba uyushmalari faoliyatiga keng jalb etish, rag‘batlantirib borish hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 23 fevraldagi 12-33 “s”-sonli qarori ijrosini taьminlash maqsadida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Toshkent shahrida joylashgan oliy taьlim muassasalarida texnik mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar o‘rtasida “Siz mehnat muhofazasini bilasizmi?” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlovning saralash bosqichida har bir ta’lim muassasasining bitiruvchi talabalaridan yaьni 6 nafardan iborat jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Ushbu tanlovda ishtirokchi jamoalar 3 ta shart asosida bahs olib borishdi, tanlov esa yuqori saviyada, xolislik va shaffoflik asosida tashkil etildi.

Tanlovning birinchi shartida-guruhlar o‘zi tahsil olayotgan oliy taьlim muassasasidagi hamda talabalarning amaliyot o‘tagan korhona-tashkilotning sharoitlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha ijobiy ishlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar, so‘nggi yillarda kasaba uyushmasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi, shuningdek, jamiyatda ijtimoiy himoyani yuksaltirish hamda yosh xodimlarga berilayotgan imtiyozlarni ko‘rgazmali tarzda namoyish etishdi.

Ikkinchi shartda- “Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini aniqlash” bo‘lib, unda har bir guruh sardori tanlovning tashkiliy ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan maxsus savollarga javob berishdi.

Uchinchi shartda- “Uy vazifasi” shartida guruhlar jamiyatda uchraydigan ayrim mehnat muhofazasi bo‘yicha muammolarni sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi.

Tanlovda ko‘yidagi oliy taьlim muassasalari ishtirok etishdi:

6-o‘rin: Islom Karimov nomidagi texnika universiteti;

5-o‘rin: Gupkina nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali;

4-o‘rin: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

3-o‘rin: Toshkent temir yo‘llar muhandisligi universiteti;

2-o‘rin: Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish instituti;

1-o‘rin: Toshkent Davlat Agrar universiteti.

G‘oliblar birlashmaning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.