Joriy yilning 5 fevralidan boshlab belgilangan jadval asosida soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda Tarmoq, Tarif kelishuvlari, Yagona jamoa shartnomasi va qo‘shma qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy o‘rganilib, 2018 yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mehnat jamoalarining konferentsiyalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, “O‘zbektelekom” AK, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “Matbuot tarqatuvchi” AK, AT “Aloqabank”, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU filiallarida, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va uning tasarrufidagi matbaa uylari, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning filiallarida jamoa shartnomasini bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilish hamda konferentsiyalarida Respublika kengashining mas’ul xodimlari ishtirok etmoqdalar.
O‘tkazib kelinayotgan yig‘ilishlarda tinglanayotgan hisobotlardan o‘tgan 2018 yilda har ikki tomon ham zimmasidagi vazifalarni to‘la bajarishga mas’uliyat bilan yondoshib kelganlari kuzatilmoqda.
O‘tgan yil davomida ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi tashkiloti vakolati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan berilgan xisobotlar qatorida bugungi kunda xodimlarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, baxtsiz xodisalarni oldini olish, munosib mehnat sharoitini yaratish, xodimlarni huquqiy savodxonligi, muomala madaniyatini oshirish hamda munosib mehnat uchun munosib xaq to‘lanishi yuzasidan qanday chora-tadbirlar rejalashtirilayotgani ustida chuqur baxs-munozaralar olib borilmoqda.
Jumladan, “O‘zbektelekom” AK markazlashgan holda aloqa yo‘l inshootlarida foydalanilayotgan shaxsiy himoya vositalarini vaqti-vaqti bilan maxsus tekshiruvdan o‘tkazuvchi labaratoriya tashkil etish, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonun hujjatlariga asosan sifatli maxsus kiyim bosh bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratish, tibbiy ko‘rikni xaqqoniyligini ta’minlash va unga asosan kasalik aniqlanganlarni davolatish choralarini ko‘rish, xodimlarni huquqiy savodxonligini ochiq muloqotlarni tizimli tashkil etish orqali ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘tarilmoqda.
Shuningdek, xududlardagi korxona va filiallardagi BKUT uchun alohida xona ajratish hamda ularni jixozlash, tuman telekommunikatsiya va pochta bo‘limlarini joriy ta’mirlash, jixozlash hamda bugungi kunda eskirgan maxsus asbob va uskunlarni yangilash, avtomashinalarni tibbiy aptechka va o‘to‘chirgichlar bilan to‘liq ta’minlash, “Matbuot tarqatuvchi” AK kioska xodimlariga munosib mehnat sharoiotini yaratish, ularning noqulay mehnat sharoitda faoliyat yuritishlarini inobatga olgan holda qo‘shimcha xaq to‘lash choralarini ko‘rish, faol, ko‘p yillardan beri faoliyat yuritayotgan matbuotchilarni rag‘batlantirish kabi takliflar kiritilmoqda.
Soxa tizimdagi korxona va tashkilotlarda o‘tkazilayotgan konferentsiyalar hamda ochiq muloqotlar jarayonida mehnatkashlar tomonidan kiritilayotgan barcha takliflar inobatga olingan holda joriy yilda oldimizda turgan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularni amalda qo‘llanishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.