Joriy yilning 5 yanvar kuni Respublika kengashining navbatdagi Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjaev tomonidan kun tartibini tanishtirish hamda unga qo‘yilgan masalalarni tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqish taklifi bilan ochildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Respublika kengashining bosh hisobchisi G.Ergasheva “O‘zbektelekom” AK, “COSCOM” Mas’uliyati cheklangan jamiyati BKUT moliyaviy xo‘jalik faoliyatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Ma’lumotda har ikki tashkilotda sarf-harajatlar yuzasidan hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilishida, hisobdan chiqarish qaydnomalarini tuzishda, taftish komissiyasini ish rejalarida, smetada ko‘zda tutilmagan hujjatlarni amalga oshirilganli tanqid etildi.
Yig‘ilishda Kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan so‘zga chiqqan Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurov tomonidan yil dasturida belgilangan barcha tadbirlar o‘z ijrosini topgani e’tirof etildi.
Boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar tahliliga ko‘ra pensiya yoshidagi jami 644 nafar xodimga 586 mln. 996 ming so‘m, yubiley sanalari munosabati bilan 873 nafar xodimga 767 mln. 689 ming so‘m, ishlamaydigan pensionerlarning 3754 nafariga 412 mln. so‘m, 2303 nafar kam ta’minlangan oilalarga, jami 587 mln. 602 ming so‘m miqdordagi moddiy rag‘batlantirishlar, yosh oilalarga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilish uchun 269 nafar xodimga ish beruvchi mablag‘i hisobidan 687 mln. 124 ming so‘m foizsiz ssudalar berildi .
So‘zga chiqqan A.Ishanxodjaev, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va hududiy bo‘limlari, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax filiallari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda uning tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalariga davlat dasturini bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, kelgusida keksa mehnat faxriylarini, pensionerlarni tashkil etilayotgan tadbirlarda ishtirokini ta’minlash, umumxalq bayramlari arafasida ilg‘or xodimlarni rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish, yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, xodimlar va ularning oila a’zolarini tarixiy va diqqatga sazovor hududlarga sayohatlarini amalga oshirish kabilarni amalga oshirishni davom etish taklifini kiritdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Surxondaryo, Kashqadaryo, Buxoro viloyatlari aloqa korxonalari hamda “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filiallarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda ularni bartaraf etish borasida aniq tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda Respublika kengashi Rayosatining ish jarayonida qabul qilingan qarorlari tasdiqlandi va ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.