Shaxmat boʻyicha musobaqa

Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya sohasi yosh xodimlari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xodimarni ommaviy sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish maqsadida shaxmat musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan 2024-yil 15-noyabrda 13-06 “o”- son qaror imzoladi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan hamda “2024-yilda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik Yoshlar dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida yosh xodimlar (35 yoshgacha) oʻrtasida “Shaxmat” musobaqasini oʻtkazish belgilandi.

Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish borasida ishchi guruhlar shakllantirildi hamda musobaqalar aloqa sohasidagi barcha korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar 2 guruxda erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazildi.

Korxona va tashkilotlarda oʻtkazilgan mazkur musobaqlarda 4 ming nafardan ziyod xodimlar ishtirok etdi.

Bugun tashkil etilgan musobaqning respublika bosqichida jami 60 nafar ishtirokchilar respublika bosiqida gʻoliblikni qoʻlga kiritish boʻyicha bellashdi.

Zoʻr shiddat bilan boʻlib oʻtgan shaxmat musobaqasida sovrinli oʻrinlar ayollar guruxi boʻyicha 3-oʻrin  “Oʻzbektelekom” AK xodimi Dunyamaliyeva Xilola Samadilla qiziga, 2-oʻrin Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimi Raximova Xalidaga va 1-oʻrin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU xodimi Xadjibayeva Zuxra Djurapulatovalarga nasib etdi.

Shaxmat musobaqasida sovrinli oʻrinlar erkaklar guruxi boʻyicha  3-oʻrin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU xodimi Masharipov Sirojiddin Ismoyiljon oʻgʻliga, 2-oʻrin “Oʻzbektelekom” AK xodimi Toxirov Farhod Shuxrat oʻgʻliga va faxrli 1-oʻrin “Uzinfocom” MCHJ xodimi Kodirov Xurshid Davlat oʻgʻliga nasib etdi.

Tashkil etilgan shaxmat musobaqasining respublika bosqichining ochilish marosimi korxona va tashkilotlardan respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan xodimlarning paradi bilan boshlandi.

Musobaqada Oʻzbekiston axborot texnologtiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjayev va boshqalar qatnashib, soʻzga chiqishdi.

Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Amir Temur bobomiz ham shaxmatga faqatgina vaqtini xush oʻtkazish maqsadida emas, balki, bugungi tilimiz bilan aytganda, taktik nazariy bilim olish vositasi sifatida ham qaraganligi, oʻzi bilan birga boshqalarni ham shaxmat oʻynashga daʼvat qilganligi, Temuriylar saroyidagi bu anʼana yillar oʻtib Alisher Navoiy hazratlari davrida ham davom etganligi xususida toʻxtalishdi. Oʻzbek adabiyotining bebaho asarlaridan biri boʻlgan “Boburnoma”da Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz Alisher Navoiyning uyida oʻz davrining mashhur shoirlari, sanʼatkorlari tez-tez yigʻilib turganligi, ular mushoiralar, ijodiy kechalar tashkil qilish bilan bir qatorda, shaxmat bilan ham shugʻullanganligini yozib qoldirganligi haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, shaxmat-shunchaki oʻyin emas, balki, bu vaqt oʻtkazishning maʼlum darajada badiiylik va ilmiylikka asoslangan intellektual foydali usuli ekanligi, jismoniy mukammallik uchun sport qanchalik muhim boʻlsa, aqliy salohiyat uchun shaxmat shunchalik muhimligi, u insonlarga xos boʻlgan alohida xususiyatlarni rivojlantirish va aqlni mashq qildirishning qiziqarli hamda qulay yoʻli ekanligi xususida toʻxtaldi.

Gʻolib va sovrindorlar Respublika kengashining diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalari  bilan taqdirlandilar.

Hozirgi kunda Besh muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi ijrosi boʻyicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha ham musobaqalar tashkillashtirilayotganligi, sport tadbirlarida faol qatnashgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar munosib taqdirlanayotganligi ushbu sport turining ixlosmandlari kun sayin ortib borayotganligidan dalolatdir.