Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha 2024-yil koʻchma Kubogi uchun respublika final bosqichi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Soha xodimlari, shuningdek tizimdagi aksiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari hamda katta yoshdagi xodimlari oʻrtasida sportning qator turlari boʻyicha musobaqalarini yanada ommalashtirish va ularning jismonan baquvvat boʻlishlari uchun kundalik ehtiyojiga aylantirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Mini futbol sport musobaqasi boʻyicha 2000-yilda Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining “Koʻchma kubogi” taʼsis etildi.
Koʻp yillar mobaynida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ular uchun yaratib berilayotgan sharoit bunga yaqol misoldir.
Soha kubogi uchun 2000-yildan oʻtkazib kelinayotgan mazkur sport musobaqasi doirasida tashkil etilayotgan madaniy-sport tadbiri alohida oʻrin tutadi. Bugungi kunda ushbu sport musobaqasi tobora ommalashib borib, axborot texnologiyalari korxonalarining barchasida zoʻr qiziqish bilan oʻtkazib kelinmoqda. Yildan-yilga musobaqaning saviyasi yuksalib, musobaqa ishtirokchilari tomonidan raqobatchilik madaniyati, uyinlarning tartibi va intizom talablari mukammallashmoqda. Musobaqa ishtirokchilari tomonidan kiritib kelinayotgan taklif-istaklar negizida musobaqa Nizomiga qator qoʻshimcha hamda oʻzgartirishlar kiritildi.
Musobaqa ishtirokchilaridan shakllantirilgan jamoa tarkibi Nizomda belgilab berilgan tartibga asosolangan holda oʻtkazildi.
Mazkur musobaqalarning asosiy maqsad va shiori Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xodimlarni, ayniqsa yosh mutaxassislarni salomatligini mustahkamlash, ularni sportga jalb etish, mehnatkashlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sport, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharotlardan oqilona foydalanish, eng asosiysi jismoniy tarbiya va sportni soha xodimlari hamda ular oila aʼzolarining kundalik turmush tarziga aylantirishdan iborat boʻldi.
Alohida taʼkidlash joizki, bu yilgi musobaqalarda 39 ta jamoa oʻz maxorati, epchilligi va ahilligi bilan tashkil etilgan shiddatli oʻyinlarda, oqilona gʻolibliklarni qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek, yilning final bosqichi Fargʻona viloyati, Chimyon qishlogʻida joylashgan Nurafshon sixatgohida tashkil etilganligi negizida barcha ishtirokchilar 5 kun davomida oʻz sogʻliqlarini tiklash imkoniyatiga ham ega boʻldidlar. Musoqalar orasida esa shaxmat, shashka uyinlari hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.
Har bir oʻyin Yutube kanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etib borilishi oʻz navbatida soha xodimlarimiz va futbol ishqibozlariga oʻyinlar jarayonidan toʻliq xabardor boʻlish imkonini berdi. Shuningdek, sohamizning barcha tashkilotlarda jamoalarni shakllanishi va keyingi musobaqalarda ishtirok etish istagini tugʻdirdi. Oʻylaymizki keyingi yil oʻtkaziladigan muobaqlarda terma jamoalarimiz soni kamida 2 barobariga oshishi muqarrardir.
Koʻtarinki ruxda, epchillik va misli koʻrilmagan shiddat bilan boʻlib oʻtgan musobaqalarda gʻoliblik supasiga koʻratilgan jamoalar maxsus diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi. Mazkur musobaqada ishtirok etgan jamoalar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.
Shuningdek, taqdirlash marosimida sohada koʻp yillar davomida fidokorna mehnat qilib, hozirda nafaqada boʻlgan bir qator mehnat faxriylariga hamda musobaqani yuqori saviyada oʻtkazilishiga bevosita hamkorlik qilgan hamkorlarga Respublika kengashining tashakkurnomasi topshirildi.
Soha xodimlari nomidan barchani Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sogʻliq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻliq boʻlsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo boʻlishi uchun har doimgidek oʻz kuch-gʻayratingizni ayamang!