Mini futbol

Raqamli texnologiyalari vazirligi Jizzax hududiy shoʻbasi tizimidagi tashkilotlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlar salomatligini mustahkamlash, sport turlarini ommalashtirish maqsadida sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Musobaqada soha tashkilotlaridan jami 12 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizgʻin va koʻtarinki ruhda oʻtgan musobaqada faxrli birinchi oʻrinni "Oʻzbekiston pochtasi" AJ Jizzax filiali qoʻlga kiritdi, ikkinchi oʻrinni “Oʻzbektelekom” AK Jizzax filiali egalladi hamda uchinchi oʻrin «Global Optical Communication Uzbekistan» MCHJ QK va «UMS» MCHJ Jizzax shahar xizmat koʻrsatish markazi jamoalariga nasib etdi.

Gʻoliblar vazirlik tomonidan tayyorlangan diplom  va sovgʻalar bilan mukofotlandi.