Yoz faslining eng jazirama kunlarida yurtimizning eng so‘lim maskanlariga sayohat uyushtirish yaxshi an’anaga aylangan. Chunki yaxshi dam olish mehnatga bo‘lgan layoqatni oshiradi hamda dunyoqarashni kengaytiradi.
Mehnat va dam olishni toʻgʻri tashkil etish esa salomatlik, ish qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishga imkon beradi.
Shu sabab "O'zbektelekom"AK Samarqand filiali hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizm bilan tanishtirish maqsadida filial xodimlari uchun Toshkent shahrining shinam va go‘zal maskanlariga 2 kunlik sayohat tashkillashtirildi. Bunday maroqli va pozitiv kayfiyat uchun xodimlar tomonidan Kompaniya mas’ullariga alohida minnatdorchilik bildirildi.