answer and questions:
Жавоб: Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 558-моддасига асосан, қуйидаги якка тартибдаги меҳнат низолари бевосита судда кўриб чиқилади:
1) агар ходимнинг иш жойида меҳнат низолари бўйича комиссия тузилмаган бўлса;
2) меҳнат шартномасини бекор қилиш асосларидан қатъи назар, ишга тиклаш тўғрисидаги, меҳнат шартномасини бекор қилиш санасини ва асослари таърифини ўзгартириш ҳақидаги, мажбурий прогул ёки кам ҳақ тўланадиган иш бажарилган вақт учун ҳақ тўлаш тўғрисидаги;
3) ходимга меҳнатда майиб бўлганлиги ёки касб касаллиги туфайли етказилган зиённинг ўрнини ёхуд ходимнинг мол-мулкига етказилган моддий зарарнинг ўрнини иш берувчи томонидан қоплаш ҳақидаги;
4) иш берувчи томонидан ходимга етказилган маънавий зиённи компенсация қилиш тўғрисидаги;
5) ишга қабул қилиш рад этилганлиги ҳақидаги;
6) иш берувчи томонидан касаба уюшмаси қўмитаси билан келишилган ҳолда олдиндан ҳал этилган масалалар юзасидан;
7) ходимлар ва иш берувчи жисмоний шахслар ўртасида юзага келадиган;
8) ўзини меҳнат қилиш ва машғулотлар соҳасида камситилишга учраган деб ҳисоблаётган шахсларнинг;
9) ходим томонидан иш берувчига етказилган моддий зарарнинг ўрнини қоплаш ҳақидаги.
Шунингдек, ходимнинг ҳоҳишига кўра, ҳар қандай якка тартибдаги меҳнат низоси бевосита судларда кўриб чиқилади.
Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, quyidagi toifadagi xodimlarga qoʻshimcha taʼtillar berilishi belgilangan:
1. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 481-moddasi);
2. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (Mehnat kodeksining 483-modda);
3. Tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga (Mehnat kodeksining 220-modda);
4. Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Qoʻshimcha taʼtil kunlarini hisoblash tartibi:
Mehnat kodeksining 222- moddasiga asosan har yilgi mehnat taʼtilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha taʼtillar har yilgi asosiy eng kam taʼtil kunlariga yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilga qoʻshib jamlanadi.
Ushbu moddaning 2-qismiga koʻra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
Agar xodim qoʻshimcha taʼtil beriladigan toifaning ikki yoki undan koʻprogʻiga tushsa, bunda taʼtilning umumiy muddati qanday hisoblanadi? Misol uchun, xodimning asosiy yillik taʼtili 21 kalendar kundan iborat, u mazkur tashkilotda 10 yildan buyon ishlab kelmoqda, jamoa shartnomasida qoʻshimcha 5 kun taʼtil berilishi nazarda tutilgan va mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgani uchun 6 kun qoʻshimcha taʼtil berilishi belgilangan.
Mazkur xolatda xodimga beriladigan mehnat taʼtilining jami muddati 36 kalendar kunni tashkil etadi, bunda asosiy yillik taʼtil 21 kalendar kun, Mehnat kodeksining 220-moddasiga asosan 10 yillik ish staji uchun qoʻshimcha 4 kun, Mehnat kodeksining 481-moddasiga asosan qoʻshimcha 6 kun, jamoa shartnomasida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtil 5 kun qoʻshiladi va taʼtilning umumiy muddati 36 kalendar kundan iborat boʻladi.
.
Халқаро Меҳнат Ташкилоти Версаль сулх шартномасига асосан, 1919 йилда ўша даврнинг асосий халқаро тузилмаси ҳисобланган Миллатлар Лигаси ҳузурида ташкил топган эди. У 1946 йилдан БМТнинг ихтисослашган тузилмаси ҳисобланади ва бугунги кунда ушбу ташкилотга 185 та давлат аъзо бўлиб кирган.
Ўзбекистон Республикаси 1992 йилдан бошлаб Бирлашган Миллатлар Ташкилоти ва унинг ихтисослашган тузилмаси ҳисобланган Халқаро Меҳнат Ташкилотининг тўла қонли аъзоси ҳисобланади.
ХМТ меҳнат қонунлари ва меҳнат шароитларини яхшилаш мақсадида тузилган бўлиб, шу кунгача яъни, 1919 йилдан бери, ўз мақоми бўйича халқаро битимларга тенг бўлган 189 конвенция, 6 Протокол ва 200 дан ортиқ тавсия қабул қилинган.
Ушбу ҳужжатлар меҳнат муносабатлари субъектларининг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилишда, меҳнат муносабатларида муаммоли масалаларни бартараф этишда долзарб аҳамият касб этмоқда. Гарчи, Ўзбекистон Республикаси томонидан ХМТнинг 14 та конвенцияси ратификация қилинган бўлса-да, миллий қонунчилигимизда 8 та асос солувчи конвенциялари ўз ифодасини топганини, шу жумладан касаба уюшмаларига бирлашиш, мажбурий меҳнатни таъқиқлаш ва болалар меҳнатидан фойдаланмаслик каби муҳим конвенцияларини дунёнинг айрим ривожланган давлатларида ратификация қилинмагани ҳолда, алохида таъкидлаш жоиздир.
Йўқ, нотўғри. Аввало, Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 84-моддаси (Ишга қабул қилишда дастлабки синов) талабига кўра, хомиладор аёллар, уч ёшга тўлмаган боласи бор аёллар, корхона учун белгиланган минимал иш жойлари (квота) ҳисобидан юборилган шахслар, ўрта махсус, касб-хунар таълими муассасаларининг ҳамда олий ўқув юртларининг тегишли таълим муассасасини тамомлаган кундан эътиборан уч йил ичида биринчи бор ишга кираётган битирувчилари ишга қабул қилинганда, шунингдек ходимлар билан олти ойгача муддатга меҳнат шартномаси тузилиб, ишга қабул қилинганда дастлабки синов белгиланмайди.
Бундан ташқари, Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 247/1-моддасига асосан, ўрта махсус, касб-хунар таълими муассасаларининг, шунингдек давлат грантлари бўйича таълим олган олий ўқув юртларининг тегишли таълим муассасасини тамомлаган кундан эътиборан уч йил ичида биринчи бор ишга кирган битирувчилари билан меҳнат шартномаси у тузилган кундан эътиборан уч йиллик муддат ўтгунига қадар иш берувчининг ташаббусига кўра бекор қилинганида иш берувчи бу хақида маҳаллий меҳнат органини хабардор қилиши шарт.
Юқоридагиларга асосан, Сизга ўзингизнинг меҳнат хуқуқингизни ҳимоя қилиш учун, корхона жойлашган худуд бўйича меҳнат органига ёки прокуратурага мурожаат этишни тавсия қиламиз.
Attestatsiya natijasiga ko‘ra, xodimni yuqoriroq lavozimga ko‘tarish, malaka darajasini oshirish, attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, lavozimini pasaytirish yoki eng so‘nggi chora tariqasida, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi, ikkinchi qismi, 2-bandiga muvofiq bekor qilish mumkin bo‘ladi.
Bunday holda, ya’ni o‘tkazilgan attestatsiya natijasiga ko‘ra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, xodimga Mehnat kodeksining 109-moddasiga asosan, miqdori o‘rtacha oylik ish xaqidan kam bo‘lmagan ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.
Qoida tariqasida attestatsiya mas’ul lavozimlardagi mutaxassis va xodimlarning malakasini baholash va lavozimga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni (masalan, farrosh, elektrik, santexnik va h.) attestatsiyadan o‘tkazishdan foyda (mantiq) yo‘q. Tavsiyalarga asosan quyidagilar navbatdagi attestatsiyaga kiritilmaydi:
egallab turgan lavozimida 1 (bir) yildan kam muddat ishlagan xodimlar;
yosh mutaxassislar (majburiy ishlab berish muddati davrida);
xomilador ayollar va ikki yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar;
korxona va tashkilotlarning yuqori organlar tomonidan ishga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rahbar xodimlari, shuningdek, yuridik xizmat xodimlari.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining (xozirgi Mehnat vazirligi) 1993 yil 18 yanvardagi 94/101-sonli qarori bilan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Tavsiyalar” tasdiqlangan. Ushbu hujjat xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishga oid muhim hujjatlardan biri hisoblanadi.
Vazirliklar, idoralar, korxona, tashkilot va muassasalar mazkur Tavsiyalarga asosan, o‘z xodimlari mehnatiga xos xususiyatlarni e’tiborga olib, attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha tarmoq (korxona) Nizomlarini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.
Agar xodim ogohlantirish xatini olishdan bosh tortsa, ish beruvchi yoki uning vakili tomonidan bu haqida tegishli dalolatnoma tuziladi, bu esa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoni hal etishga yordam beradi. Dalolatnoma odatda 3 (uch) kishidan kam bo‘lmagan tarkibdagi komissiya, ishchi guruhi, guvohlar va h.k. tomonidan imzolanadi.
Shtatlar qisqarishi tufayli mehnat shartnomasi bekor qilinishi kutilayotganligi to‘g‘risida xodim (xodimlar) ish beruvchi tomonidan kamida 2 (ikki) oy oldin yozma tarzda ogohlantirilishi shart (O‘zR MK 102-moddasi, 1-kism). Ogohlantirish xati faqat ish beruvchi yoki u rasmiy ravishda vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.
Xodim ishda bo‘lsa, ogohlantirish xati unga shaxsan imzo chektirib topshiriladi, ya’ni ogohlantirish xatining ikkinchi nusxasiga xodim ogohlantirishni olgani haqida imzo qo‘yib beradi. Bunda xodim ogohlantirish xatini olgan sanasini ham ko‘rsatishi maqsadga muvofiq.