Savollar va Javoblar:

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 558-moddasiga asosan, quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda koʻrib chiqiladi:

1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari boʻyicha komissiya tuzilmagan boʻlsa;

2) mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qatʼi nazar, ishga tiklash toʻgʻrisidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini va asoslari taʼrifini oʻzgartirish haqidagi, majburiy progul yoki kam haq toʻlanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq toʻlash toʻgʻrisidagi;

3) xodimga mehnatda mayib boʻlganligi yoki kasb kasalligi tufayli yetkazilgan ziyonning oʻrnini yoxud xodimning mol-mulkiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash haqidagi;

4) ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi;

5) ishga qabul qilish rad etilganligi haqidagi;

6) ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oldindan hal etilgan masalalar yuzasidan;

7) xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan;

8) oʻzini mehnat qilish va mashgʻulotlar sohasida kamsitilishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning;

9) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash haqidagi.

Shuningdek, xodimning hohishiga koʻra, har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi bevosita sudlarda koʻrib chiqiladi.

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, quyidagi toifadagi xodimlarga qoʻshimcha taʼtillar berilishi belgilangan:

1. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 481-moddasi);

2. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (Mehnat kodeksining 483-modda);

3. Tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga (Mehnat kodeksining 220-modda);

4. Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Qoʻshimcha taʼtil kunlarini hisoblash tartibi:

Mehnat kodeksining 222- moddasiga asosan  har yilgi mehnat taʼtilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha taʼtillar har yilgi asosiy eng kam taʼtil kunlariga yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilga qoʻshib jamlanadi.

Ushbu moddaning 2-qismiga koʻra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

Agar xodim qoʻshimcha taʼtil beriladigan toifaning ikki yoki undan koʻprogʻiga tushsa, bunda taʼtilning umumiy muddati qanday hisoblanadi? Misol uchun, xodimning asosiy yillik taʼtili 21 kalendar kundan iborat, u mazkur tashkilotda 10 yildan buyon ishlab kelmoqda, jamoa shartnomasida qoʻshimcha  5 kun taʼtil berilishi nazarda tutilgan va mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgani uchun 6 kun qoʻshimcha  taʼtil berilishi belgilangan.

Mazkur xolatda xodimga beriladigan mehnat taʼtilining jami muddati 36 kalendar kunni tashkil etadi, bunda asosiy yillik taʼtil   21 kalendar kun, Mehnat kodeksining 220-moddasiga asosan 10 yillik ish staji  uchun qoʻshimcha 4 kun,  Mehnat kodeksining  481-moddasiga asosan qoʻshimcha 6 kun, jamoa shartnomasida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtil 5 kun qoʻshiladi va  taʼtilning umumiy muddati 36 kalendar kundan iborat boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining   230-moddasiga koʻra, yillik mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.

Binobarin, xodimlar har yili tasdiqlanadigan taʼtillar jadvaliga muvoqiq, yillik mehnat taʼtilidan foydalanadi.

Shu bilan bir qatorda, ishlab chiqarish zaruriyati bilan taʼtildagi xodimlarni ishga chaqirib olish amaliyoti ham  mavjud. Mazkur jarayonda ish beruvchilar tomonidan kamchiliklarga va xatoliklarga yoʻl qoʻyilmasligi maqsadida xodimlarni mehnat taʼtilidan chaqirib olish tartibi haqida quyidagi tushuntirish beriladi:

Birinchidan, Mehnat kodeksining 232-moddasiga asosan har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga taʼtilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.  Kodeksda shunday toifa vakillari belgilanganki, bu toifa vakillarini taʼtildan chaqirib olish mumkin emas, jumladan Mehnat kodeksining 232-moddasi 2-qismiga koʻra:

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarni;

homilador ayollarni;

mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlarni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. 

Ikkinchidan, ishlab chiqarish xususiyatiga bogʻliq sabablarga koʻra, joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning 14 kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin va undan yil davomida foydalanish kerak.

Mazkur holatda xodimni taʼtildan chaqirib olishda shunga eʼtibor berish kerakki, xodim mehnat taʼtilining yaxlit 14 kalendar kuniga teng qismidan joriy yilda foydalanilishi shart. 

Taʼtil qismlarga boʻlinganda ham taʼtilning yaxlit bir qismi 14 kalendar kunidan kam boʻlmasligi kerak.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti Versalь sulx shartnomasiga asosan, 1919 yilda o‘sha davrning asosiy xalqaro tuzilmasi hisoblangan Millatlar Ligasi huzurida tashkil topgan edi. U 1946 yildan BMTning ixtisoslashgan tuzilmasi hisoblanadi va bugungi kunda ushbu tashkilotga 185 ta davlat a’zo bo‘lib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmasi hisoblangan Xalqaro Mehnat Tashkilotining to‘la qonli a’zosi hisoblanadi.
XMT mehnat qonunlari va mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida tuzilgan bo‘lib, shu kungacha ya’ni, 1919 yildan beri, o‘z maqomi bo‘yicha xalqaro bitimlarga teng bo‘lgan 189 konventsiya, 6 Protokol va 200 dan ortiq tavsiya qabul qilingan. 
Ushbu hujjatlar mehnat munosabatlari sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, mehnat munosabatlarida muammoli masalalarni bartaraf etishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Garchi, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan XMTning 14 ta konventsiyasi ratifikatsiya qilingan bo‘lsa-da, milliy qonunchiligimizda 8 ta asos soluvchi konventsiyalari o‘z ifodasini topganini,  shu jumladan kasaba uyushmalariga birlashish, majburiy mehnatni ta’qiqlash va bolalar mehnatidan foydalanmaslik kabi muhim konventsiyalarini dunyoning ayrim rivojlangan davlatlarida ratifikatsiya qilinmagani holda,  aloxida ta’kidlash joizdir. 

Yo‘q, noto‘g‘ri. Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining      84-moddasi (Ishga qabul qilishda dastlabki sinov) talabiga ko‘ra, xomilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari  (kvota) hisobidan yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli  ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 247/1-moddasiga asosan, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan  oliy o‘quv yurtlarining tegishli  ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu xaqida mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart.

Yuqoridagilarga asosan, Sizga o‘zingizning mehnat xuquqingizni himoya qilish uchun, korxona joylashgan xudud bo‘yicha mehnat organiga yoki prokuraturaga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

Attestatsiya natijasiga ko‘ra, xodimni yuqoriroq lavozimga ko‘tarish, malaka darajasini oshirish, attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, lavozimini pasaytirish yoki eng so‘nggi chora tariqasida, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi, ikkinchi qismi, 2-bandiga muvofiq bekor qilish mumkin bo‘ladi.

Bunday holda, ya’ni o‘tkazilgan attestatsiya natijasiga ko‘ra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, xodimga Mehnat kodeksining 109-moddasiga asosan, miqdori o‘rtacha oylik ish xaqidan kam bo‘lmagan ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.

Qoida tariqasida attestatsiya mas’ul lavozimlardagi mutaxassis va xodimlarning malakasini baholash va lavozimga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni (masalan, farrosh, elektrik, santexnik va h.) attestatsiyadan o‘tkazishdan foyda (mantiq) yo‘q. Tavsiyalarga asosan quyidagilar navbatdagi attestatsiyaga kiritilmaydi:

egallab turgan lavozimida 1 (bir) yildan kam muddat ishlagan xodimlar;

yosh mutaxassislar (majburiy ishlab berish muddati davrida);

xomilador ayollar va ikki yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar;

korxona va tashkilotlarning yuqori organlar tomonidan ishga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rahbar xodimlari, shuningdek, yuridik xizmat xodimlari.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining (xozirgi Mehnat vazirligi) 1993 yil 18 yanvardagi 94/101-sonli qarori bilan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Tavsiyalar”  tasdiqlangan. Ushbu hujjat xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishga oid muhim hujjatlardan biri hisoblanadi.

Vazirliklar, idoralar, korxona, tashkilot va muassasalar mazkur Tavsiyalarga asosan, o‘z xodimlari mehnatiga xos xususiyatlarni e’tiborga olib, attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha tarmoq (korxona) Nizomlarini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.

Agar xodim ogohlantirish xatini olishdan bosh tortsa, ish beruvchi yoki uning vakili  tomonidan bu haqida tegishli dalolatnoma tuziladi, bu esa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoni hal etishga yordam beradi. Dalolatnoma odatda 3 (uch) kishidan kam bo‘lmagan tarkibdagi komissiya, ishchi guruhi, guvohlar va h.k. tomonidan imzolanadi.

Shtatlar qisqarishi tufayli mehnat shartnomasi bekor qilinishi kutilayotganligi to‘g‘risida xodim (xodimlar) ish beruvchi tomonidan kamida 2 (ikki) oy oldin yozma tarzda ogohlantirilishi shart (O‘zR MK 102-moddasi, 1-kism).  Ogohlantirish xati faqat ish beruvchi yoki u rasmiy ravishda vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.

Xodim ishda bo‘lsa, ogohlantirish xati unga shaxsan imzo chektirib topshiriladi, ya’ni ogohlantirish xatining ikkinchi nusxasiga xodim ogohlantirishni olgani haqida imzo qo‘yib beradi. Bunda xodim  ogohlantirish xatini olgan sanasini ham ko‘rsatishi maqsadga muvofiq.