Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Portali
Raqamli texnologiyalar vazirligi
O'zbekiston Milliy qonunchilik bazasi


Sayido Nasaafiy nomidagi Qashqadaryo viloyati axborot-kutubxona markazida Qashqadaryo viloyatidagi axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda viloyat hamda tuman axborot-kutubxona markazlaridan 19 nafar mutaxassislar o‘z iqtidori va bilimdonligi namoyish etdilar.
Tanlovning shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari ZOOM platformasi orqali jarayonni kuzatib bordilar.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – G‘uzor tumani AKM mutaxassisi Ro‘ziyeva Fotima Murotovna;
2-o‘rin – G‘uzor tumani AKM mutaxassisi Ro‘ziyeva Zuhra Murotovna;
3-o‘rin – Nishon tuman AKM mutaxassisi Ziyotboyeva Durdona Sirojiddin qizi yuqori o‘rinlarni egalladilar.
1-o‘rinni egallagan G‘uzor tumani AKM mutaxassisi Ro‘ziyeva Fotima Murotovna Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar jamlanmasi hamda diplom va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.