Qadimiy Xorazmdan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga sayohat

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish barobarida, yurtimiz aholisi va soha tashkilotlari xodimlariga ma’naviy-ma’rifiy hordiq bag‘ishlamoqda.

Xususan, “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali xodimlari va bir guruh yoshlari Samarqand viloyati bo‘ylab sayohati davomida ayni shunday kayfiyatni his qilishdi. 

Filialning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil qilingan sayohatda Samarqand shahri o‘zining diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari bilan soha xodimlarida katta taassurot qoldirdi. 

 

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati