Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbektelekom” AK boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Hisobot davri mobaynidagi faoliyat yakunlari va xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi kelgusi vazifalar muhokama qilingan xisobot-saylov konferensiyasida delegatlar, yuqori turuvchi organ vakillari,  Kompaniya rahbariyati, xodimlar va faol yoshlar ishtirok etdi. 

Konferensiya avvalida “O‘zbektelekom” AK  Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. Konferensiyada ishtirok etgan  Boshqaruv raisi N.Xasanov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari Respublika kengashi raisi  A.Ishanxodjayev tomonidan Kompaniya va Kompaniyaning Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan ijtimoiy-sheriklik asosida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan soha xodimlari uchun munosib ish sharoitlarini yaratib berish faoliyat samaradorligida muhim ahamiyat kasb etishiga to‘xtalib, Kasaba uyushmasi qo‘mitasining bu boradagi o‘rni hamda vazifalari haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, kelgusidagi 5 yil davomida xodimlarni sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish, ular uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, yangi maskanlar tashkil etilishi, asosiy maqsadlardan biri yoshlar va ayollarga e’tibor qaratilishi yuzasidan vazifalar belgilandi.

Shundan so‘ng, “O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va  qo‘mita tarkibi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti taftish komissiyasi raisi va  tarkibiga nomzodlar saylandilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Qurultoyiga 1 nafar delegat hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarkibiga vakil saylandi.  

“O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Y.Tulyaganov saylandi.
 


“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati