Mamlakatimizda xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.
Soha korxona, tashkilot va muassasalarida bu galgi “Xon atlas” haftaligi ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan qizlarning shu kabi madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaydi. Kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlari ham oshdi.