Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun tanlov eʼlon qilinmoqda. Tanlovning saralash bosqichi 2024-yil 23-sentyabr kunida start beriladi va internet tarmogʻidagi www.tanlov.kasaba.uz sayti orqali 31-sentyabriga qadar davom etadi.
Tanlovning saralash bosqichi test shaklda boʻladi va ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim.
Buning uchun www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, roʻyxatdan oʻtish va testdagi savollarga javob berishi kifoya.
Tanlovning Respublika bosqichi ogʻzaki savol-javob tarzda tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi.
Tanlovda gʻolib chiqqan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin: 1-yillik tulov-kontrakt pulini toʻlash;
2-oʻrin: yarim yillik tulov-kontrakt pulini toʻlash;
3-oʻrin: noutbuk.
Tanlov oliy taʼlim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targʻib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan avlodni tarbiyalashga hissa qoʻshish maqsadida oʻtkazilmoqda.