Joriy yilning 1-3-sentyabr kunlari “Toshkent pochtamti” filiali va Pochta aloqa bogʻlamalari ishchi hodimlari uchun Buxoroga ziyorat tashkil etildi.
Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan “Toshkent pochtamti” filiali va kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamkorlikda ichki turizmni rivojlantirish, ishchi xodimlarning bayram kunlarini maroqli va sermazmun oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu sayyohat davomida ishchi xodimlar bir qator tarixiy obidalarga tashrif buyurdilar.
Jualadan, “Sitorai Mohi-Xossa” saroyi, “Somoniylar” maqbarasi, “Chashmayu-ayub”, “Poyi Kalon”, “Labi hovuz” majmualari, “Ark” qoʻrgʻoni, “Yetti pir” ziyoratgohi, savdo majmualari va boshqa koʻplab diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi.
Mamlakatimiz tarixi va madaniyati haqida juda koʻp qiziqarli va tarixiy joylarni koʻrib oʻrgandilar, koʻplab ijobiy his-tuygʻularga va ziyorat davomida unitilmas taassurotlarga ega boʻldilar.
“Toshkent pochtamti” filiali va Pochta aloqa bogʻlamalari ishchi xodimlari bayram kunlarida Buxoroga tashkil etilgan ziyoratdan gʻoyat mamnun boʻlishdi.