Bugun, 21-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
200 dan ortiq yoshlar ishtirokida o‘tgan uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil qilindi. Vazir o‘z nutqi davomida yoshlarning sifatli bilim olishlari hamda kelgusida daromadli kasbga ega bo‘lishlari uchun to‘g‘ri yo‘nalish tanlay bilishi muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, vazir IT eksport yo‘nalishiga yurtimizda katta e’tibor qaratilayotgani, dastlab deyarli export daromadi yo‘q yangi IT sohasi bugungi kunda asosiy bosqichga olib chiqilgani, mamlakatni IT xabga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganiga urg‘u qaratdi.
Shu bilan birga, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi, IT sohasida kasb tanlash bilan bog‘liq duch kelayotgan muammolar yechimi hamda takliflarni o‘rganish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.