Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MChJ bilan hamkorlikda navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Markazda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, kitob mutolaasi hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda xodimlar o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, yangi ilmiy-ommabop qo‘llanmalar, diniy-ma’rifiy hamda tarbiya mavzularidagi sara asarlar bilan tanishishga muvaffaq bo‘lish barobarida, ularni chegirmali narxlarda xarid ham qilishdi.