Bugun, “IT-Park” hududidagi “Oʻzbektelekom” AK yangi binosining majlislar zalida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining V MAJLISI boʻlib oʻtdi.
Majlisda Respublika kengashi aʼzolari 43 nafar, 5 nafar taftish komissiyasi, taklif etilgan faollar va faxriy mehmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillar (jami 60 nafar) ishtirok etishdi.
Majlis kun tartibida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining 2020-2025-yillarga moʻljallangan Xarakat dasturini 2023-yilda bajarilishi va 2024-yildagi ustuvor vazifalari toʻgʻrisida boʻlib, Kengashi aʼzolari va ishtirokchilar diqqatiga havola etildi.
Majlisda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasining 2020-2025-yillarga moʻljallangan Harakat Dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, ularni bajarishda yuzaga kelgan muammolar va kelgusida olib borilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ishtirokchilar eʼtiboriga havola etilgan maʼruzada hisobot davrida tizimdagi boshlangʻich va sex kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatlarida erishilgan yutuqlar barobarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Hisobot maʼruzasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar belgilab olindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kengash aʼzolari, qator kasaba uyushmasi qoʻmitasi raislari, faollar soʻzga chiqib, kelgusi faoliyatni yanada takomillashtirishga doir fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Majlis kun tartibida tashkiliy masalalar ham koʻrib chiqildi. Kengash tarkibidan chiqarilgan aʼzolar oʻrni toʻldirildi.