Soha “Koʻchma kubogi”ning navbatdagi egasi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarning xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha koʻchma kubok uchun Respublika bosqichi musobaqasi joriy yilning 25-29-mart kunlari boʻlib oʻtdi.

Soha xodimlari, shuningdek tizimdagi aksiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari hamda katta yoshdagi xodimlari oʻrtasida sportning qator turlari boʻyicha musobaqalarini yanada ommalashtirish va ularning jismonan baquvvat boʻlishlari uchun kundalik ehtiyojiga aylantirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Mini futbol sport musobaqasi boʻyicha 2000-yil Oʻzbekiston Raqamli  texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining “Koʻchma kubogi” taʼsis etildi.

Koʻp yillar mobaynida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda xodimlar, ayniqsa yosh mutaxassislar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ular uchun yartib berilayotgan sharoit bunga yaqqol misoldir.

Soha kubogi uchun 2000-yildan oʻtkazib kelinayotgan mazkur sport musobaqasi tashkil etilayotgan madaniy-sport tadbiri ichida alohida oʻrin tutadi. Bugungi kunda ushbu sport musobaqasi tobora ommalashib borib, axborot texnologiyalari korxonalarining barchasida zoʻr qiziqish bilan oʻtkazib kelinmoqda. Yildan-yilga musobaqaning saviyasi yuksalib, musobaqa ishtirokchilari tomonidan raqobatchilik madaniyati, uyinlarning tartibi va intizom talablari mukamallashmoqda. Musobaqa ishtirokchilari tomonidan kiritib kelinayotgan taklif-istaklar negizida musobaqa Nizomiga qator qoʻshimcha hamda oʻzgartirishlar kiritildi.

Musobaqa ishtirokchilaridan shakllantirilgan terma jamoa tarkibi Nizomda belgilab berilgan tartib asosida 3 ta korxona, tashkilot va muassasalar vakillaridan iborat boʻldi.

24 yil davomida tashkil etib kelinayotgan mazkur musobaqning  turli bosqichlarida soha korxona va tashkilotlarining 4 mingdan ziyod xodimlaridan iborat terma jamoalar mini futbol boʻyicha Koʻchma kubogi sovrinini qoʻlga kiritib kelmoqdalar.

Quvonarlisi, bu galdagi musobaqalar aynan yurtimizga kirib kelgan “Navroʻz” bayramida tashkil etilib, asosiy maqsad va shiori Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xodimlarni, ayniqsa yosh mutaxassislarni salomatligini mustahkamlash, ularni sportga jalb etish, mehnatkashlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sport, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharotlardan oqilona foydalanish, eng asosiysi jismoniy tarbiya va sportni soha xodimlari hamda ular oila aʼzolarining kundalik turmush tarziga aylantirishdan iborat boʻldi.

Mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, xalqimizning osoyishta hayotini taʼminlashga qodir boʻlgan aloqa xodim - oʻgʻlonlari Vatanga boʻlgan sadoqatini, oʻz kasblariga boʻlgan fidoyiligini, mard, baquvat ekanligini namoyon etishi bilan bir qatorda  “Navroʻz” bayramiga munosib tufxa sifatida tashkil etilgan mini futbol boʻyicha koʻchma kubok uchun Respublika turnirida belashish uchun saf tortdilar.

Mazkur turnida ishtirok etayotgan 14 hududdan kelgan jamoalar shu bugungi kunga qadar oʻz hududlarida oʻnlab jamoalar oʻrtasida tashkil etilgan shiddatli musobaqalarda oqilona gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Koʻtarinki ruxda, epchillik va misli koʻrilmagan shiddat bilan boʻlib oʻtgan musobaqa natijalariga koʻra:

1-oʻrin “Uztelecom” jamoasi;

2-oʻrin “TATU” jamoasi;

3-oʻrin “Andijon” va “Uzmobile” jamoalari.

Gʻoliblik supasiga koʻratilgan jamoalarga maxsus diplom va medallar, musobaqaning barcha ishtirokchilariga esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, musobaqada ishtirok etgan jamoalar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.