"Mard oʻgʻlon" ko'rik-tanlovi

«Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan tanlov oʻtkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi   “O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-79  farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida joriy yilning 12-yanvar kuni 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatan himoyasi - muqaddasdir" shiori ostida tantanali bayram tadbiri hamda filial talaba-yigitlari o'rtasida "Mard o'g'lon" ko'rik-tanlovi tashkil etildi.

Bayram tantanalari O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlanib, so'ngra Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 9-maktab harbiy sinf o'quvchilarining jangovar sport chiqishlari namoyish etdilar.

Tadbir filiali talaba-yigitlari oʻrtasida "Mard oʻgʻlon" ko'rik-tanlovi bilan davom etdi.

 Tanlov natijalariga ko'ra:

1-o'rin: Ma'murjonov Javohir

2-o'rin: Mamajonov Akmaljon

3-o'rin: Fayzullayev Sherozbek

4-o'rin: To'xtasinov Alyorbek

ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.                                                  

Tanlov g'oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi. Shuningdek, filialda mehnat qilayotgan sobiq harbiylarga ham filial rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.