Davra suhbati

Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi asosida xodimlarga mehnat taʼtillarini berish tartibi yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.

Joriy yilning 2-iyun kuni, Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi katta majlislar zalida “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, “Matbuot tarqatuvchi” AK,  AT “Aloqabank” Namangan filiallari kasaba uyushmasi qoʻmitalari raislari, xodimlar bilan ishlash boʻyicha masʼul xodimlari, yuristlar hamda Namangan viloyati axborot kutubxona markazi va uning tizimidagi tuman axborot kutubxona markazlari masʼul xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi asosida xodimlarga mehnat taʼtillarini berish tartibi yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining masʼul xodimlari aniq misollar asosida tushuntirish, shuningdek, jamoa shartnomalarini tuzish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berishdi.