Nuroniylar eʼzozda

7-may aloqachilar hamda 9-may Xotira va qadrlash kunlari munosabati bilan faxriylar va nuroniylar holidan xabar olinmoqda.

"Oʻzbektelekom"AK Fargʻona, Sirdaryo, Samarqand va “Uzmobile” filiallari va “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Namangan, Navoiy va Samarqand filiallari hamda kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan hamkorlikda aloqa korxonalarida uzoq yillar mehnat qilib sohaning rivojiga oʻzlarining kattaissasini qoʻshgan nuroniy, mehnat faxriy uchun bayram dasturxoni yozilib, esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Ayrim faxriylar xonadonlariga borib xabar olindi.