7-may – bu yuz minglab aloqachilar, radiotexnik mutaxassislar, radio va televideniye kanallari xodimlari, pochta xizmatchilari, radiofizika fakultetlari oʻqituvchi va talabalarining bayramidir. Bu bayramni yana mamlakatimizda sodir boʻlayotgan muhim voqea-hodisalar haqida tezkor axborotlarni yetkazib beruvchilarning ham kasb bayrami desak xech qanday mubolagʻa boʻlmaydi.
Aloqachilarning har kungi mashaqqatli mehnatini munosib baholash oson ish emas. Bu eng avvalo, doimiy mehnat, yangi vositalar va maʼlumotlar uzatishning turli usullarini ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish demakdir.
Shuning uchun 7-may kuni arafasida aloqachilarning kasb bayrami nishonlanishi munosabati bilan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasining yuqori darajada yuksaltirish hamda ravnaqi yoʻlida faoliyat yuritayotgan, mamlakat iqtisodiyoti va sohaning rivojlanishiga oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshib kelayotgan Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari hamda mobil aloqa operatorlarining rahbar xodimlari va mutaxassislarining samarali mehnatlarini ragʻbatlantirish tadbiri tashkil etiladi.
Ushbu bayramona kunda aloqa sohasidagi eng yaxshi rahbar va mutaxassislardan 65 nafari “Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan, 67 nafari “Faxriy yorliq” bilan va 5 nafari “Mohir aloqachi” faxriy unvoni bilan taqdirlandilar. Taqdirlanadigan barcha xamkasblarimizni chin dildan tabriklaymiz.
Hurmatli aloqa xodimlari!
Sizlarni 7-may - Aloqa va radio kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Xalqimizni uzogʻini yaqin qilishdagi mashaqqatli va shu bilan birgalikda savobli ishlaringizda kuch –quvvatlar tilaymiz!
Baxtimizga doimo sogʻ-salomat boʻling. Xonadoningizda hamisha tinchlik-xotirjamlik hukm sursin, baxt-soadatga, quvonochga, omadga toʻla boʻlsin.
Sizlarga cheksiz Hurmat ila,
Oʻzbekiston axborot texnologiyalari
va ommaviy kommunikatsiya xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika kengashi