"Aloqabrains" o‘yinlari tashkil etildi

So‘nggi ikki oy davomida “Aloqabrains” o‘yinlari AT "Аloqabank" infratuzilmalari joylashgan barcha hududlarda bo‘lib o‘tdi. Unda 140 ga yaqin jamoalar, 800 dan ortiq bank xodimlari ishtirok etdi.

Joriy yilning 15-oktyabr kuni -  to‘yga to‘yona sifatida ya'ni AT "Aloqabank"ni tashkil topganligining  27 yilligi munosabati bilan "Aloqabrains" intellektual o‘yinlarining final bosqichi o‘tkazildi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan final bosqichida "Lider" (Mirobod HKXKM) jamoasi mutlaq g‘olib bo‘lib 42 mln so‘m egasiga aylandi.

2-o‘rin "Gudvil" (Andijon HKXKM) jamoasiga nasib etdi va 30 mln so‘mni qo‘lga kiritdi, "Yuksalish" (Buxoro  HKXKM) jamoasi 3-o‘rin va 18 mln. so‘m mukofot puli bilan taqdirlandi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bu kabi tadbirlar barcha ishtirokchilar uchun katta xursandchilikni tuhfa etib, ularni yangi marralar sari ilhomlantiradi.

"Aloqabrains" intellektual o‘yinlari BankersUz ijodiy jamoasi hamkorligi ostida o‘tkazildi.