Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bugungi kunda 10121 nafar talaba respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida AKTni rivojlantirish uchun zarur ixtisosliklar bo‘yicha ta’lim olishmoqda, shundan 1500 nafari talabalar turarjoyi bilan ta’minlangan.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida talaba-yoshlarning mustahkam bilim olishi, ko‘proq kitob o‘qishi va intellektual salohiyatini rivojlantirib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu jumladan, universitetning “Talabalar turarjoyi”da yashayotganlarning maishiy sharoitini yanada yaxshilash maksadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 20 dona Samsung kir yuvish mashinalari talabalarga tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjaev, universitet rektori Sarvar Babaxodjaevlar ishtirok etishdi.