YANA BIR KORXONA ISH BERUCHI VA UNING VAKILLARIGA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 1 martidan “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” Davlat unitar korxonasi tizimidagi hududiy filiallari direktorlari uchun Toshkent viloyati, Qibray tumanida yangitdan barpo etilgan “Navbahor” sog‘lomlashtirish maskanida 5 kunlik o‘quv-seminar boshlandi.

O‘quv-seminar jarayonidan bo‘sh vaqtlarda ishtirokchilarni sog‘lomlashtirish va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan o‘quv dasturi tasdiqlanib, mazkur o‘quv dasturi ma’vzulari bo‘yicha Oliy Majlis deputatlari, Senatorlar, turli yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professorlar, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilgan.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjaev tomonidan o‘quv mashg‘ulot ishtirokchilariga boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, Tarmoq kelishuvi va Respublika kengashi tomonidan ishlab chiqilgan Uslubiy qo‘llanma chop etilib, barcha boshlang‘ich tashkilotlarga etkazilganligi ma’lum qilindi. 

Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Xaydarov “RRTM” DUK Yagona jamoa shartnomasi orqali yosh mutaxassislarni ijtimoiy-huquqiy himoyasi, mehnat muhofazasi bo‘yicha dastlabki yo‘riqdan o‘tkazish hamda ularni qo‘nimliligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurov Kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Jamoa kelishuvlari va shartnomalarini qabul qilish tartibi, ayniqsa yangi tahrirdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunni va 2019-2020 yillar mobaynida qabul qilingan Farmonlar, Qarorlar mazmun-mohiyatini slaydlar orqali tushuntirishlar hamda amalga oshirilishi to‘g‘risidagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘quv-seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha va amaldagi qonun hujjatlari asosida javob berildi.