2021 yil 15 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida AKMning 2020 yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasining hisobot yig‘ilishi hamda TSHAKM kasaba uyushmalari raislari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Respublika kengashi Tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi To‘raeva Ra’no Sidikovna, Tashkiliy ishlar bo‘yicha mutaxassis Gulyamova Gulchehra Ermatovnalar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan, Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi kasaba uyushmasi tomonidan 2019-2021 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi yakunlari to‘g‘risidagi hamda TSHAKM kasaba uyushmalari raislariga “Ochiq muloqot” tarzida davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, AKM kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D.Ergasheva va AKM kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobchisi G.Zakirovalar Jamoa shartnomasi bo‘yicha 2020 yilda bajarilgan ishlar hisobotlarini o‘qib eshittirdi.
Yig‘ilishda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy manfaatlari himoyasini boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faolligida ish beruvchi bilan ijtimoiy hamkorlikda amalga oshirish, xodimlarga mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ular o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilishini qayd etishdi.