QARISI BOR UYNING PARISI BOR

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarning samarasi bugun jamiyatimiz hayoti va xalqimiz turmushidagi ijobiy o‘zgarishlarda yaqqol namoyon bo‘lyapti.

Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va hayotga izchil tatbiq etilayotgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish doirasida olib borilayotgan ulkan ishlar hayotimizda mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. Ishlab chiqarishning turli jabhalarida mehnat qilayotgan xodimlarga, ayniqsa ishlamayotgan pensionerlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar ham taraqqiyotimizga mos ravishda yaxshilanib boryapti.

“Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” dasturiga kiritilgan tadbirlarning bajarilishini tizimli ravishda va reja asosida amalga oshirish maqsadida Respbulika kengashi tomonidan reja-taqsimot ishlab chiqildi va amalga oshirilishi borasida monitoring olib borilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Andijon filiali ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan davlat dasturlari tadbirlarini bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan Andijon viloyati sobiq aloqa xodimlari kasaba uyushmasi birlashgan qo‘mitasi raisi Pulat Baxramovich xonadoniga tashrif buyurib xolidan xabar olindi, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilik kuni bayrami munosabati bilan tabriklandi.

Po‘lat Baxramovich axborot texnologiyalari tizimidagi barcha kasaba uyushmasi a’zolarini Mustaqillik kuni bayrami hamda bo‘lib o‘tgan tarmoq kasaba uyushmasi Qurultoyi bilan samimiy qutlab, kelgusida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqiy himoyasini ta’milashda yaxshi tilaklarini bildirdi.