Kasaba uyushmasi qo‘mitalari faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“O‘zbektelekom” AK tizimidagi filiallar Kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda faoliyatga doir muhim masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxadjayev hamda “O‘zbektelekom” AK  boshqaruv raisi Nazirjon Xasanov sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, yig‘ilishning o‘quv qismiga navbat berildi va mutaxassislar tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar qilindi. Xususan, Respublika kengashi mas’ul xodimlari Yunus Gapurov va Ra’no Turayevaning Yagona jamoa shartnomasi hamda Kasaba uyushma ishini samarali tashkil etish to‘g‘risida, “O‘zbektelekom” AK Yoshlar kengashi koordinatori, biznes treneri Nargiza Abduraxmonova va Alfraganus instituti qoshidagi Xalqaro biznes trener Alisher Islomovning Jamoada ishlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
 

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati