Rais xizmat vazifalarga bog‘liq bo‘lgan quyidagi ishlarni bajaradi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning sohaga talluqli kompleksi, Federatsiya kengashi tomonidan o‘tkazilayotan selektor yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etadi, yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar bajarilishini ta’minlaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay’ati, shuningdek boshqa boshqaruv organlari yig‘ilishlarida ishtirok etadi, ularda tarmoq xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga oid masalalarni, imzolangan Tarmoq (tarif) kelishuvlarining bajarilishi bo‘yicha mavjud muammolarni qo‘yadi va ularni hal etadi.
3. Boshqa davlat, nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlarini tashkillashtiradi.
4. Hududiy birlashmalar va Kengash, tarmoq kasaba uyushma qo‘mitalari hamkorligini yo‘lga qo‘yilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi, ushbu hamkorlik samarali olib borilishi bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.
5. Har xaftada bir marta Kengash apparati xodimlari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi, ularda Kengash apparati, kasaba uyushmalari faoliyatiga oid masalalarni ko‘rib chiqadi, vazifalarni belgilaydi.
6. Kengashning rasmiy veb-sayti bilan ishlaydigan mas’ul xodimni tayinlaydi va uning faoliyatini shaxsan nazorat qilib boradi.
7. Ijtimoiy sheriklar bilan muzokaralar olib borish, Tarmoq (tarif) kelishuvi loyihasini ishlab chiqish va kelishish ishlarini, tuzilgan kelishuvlar va shartnomalarni bajarish xolatini shaxsan nazorat qiladi.
8. Tarmoq miqyosida ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilishini ta’minlaydi.
9. Kengash va uning rayosati ishini boshqaradi, ularning majlislarini o‘z vaqtida o‘tishini ta’minlaydi, kasaba uyushmasi Respublika kengashi rayosatini chaqiradi.
10. Kengash apparatini shakllantiradi va uning xodimlari hamda kasaba uyushma qo‘mitalari raislari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi.
11. Xodimlar mehnat faoliyatiga, shaxsiy tarkibiga va xizmat safariga oid farmoyishlar chiqaradi.
12. Kengash mulkini va pul mablag‘larini tasarruf etadi, kasaba uyushmasi Ustavi, Kengash rayosati tomonidan berilgan vakolatlar doirasida boshqa tashkiliy - boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik ishlariga oid vazifalarni amalga oshiradi.