“TABIATGA EʼTIBOR — KELAJAKKA EʼTIBOR: «EKOLOGIK FAOL KASABA UYUSHMASI JAMOASI” KOʻRIK-TANLOVI»

07.09.2026
“TABIATGA EʼTIBOR — KELAJAKKA EʼTIBOR: «EKOLOGIK FAOL KASABA UYUSHMASI JAMOASI” KOʻRIK-TANLOVI»
“TABIATGA EʼTIBOR — KELAJAKKA EʼTIBOR: «EKOLOGIK FAOL KASABA UYUSHMASI JAMOASI” KOʻRIK-TANLOVI»
“TABIATGA EʼTIBOR — KELAJAKKA EʼTIBOR: «EKOLOGIK FAOL KASABA UYUSHMASI JAMOASI” KOʻRIK-TANLOVI»
“TABIATGA EʼTIBOR — KELAJAKKA EʼTIBOR: «EKOLOGIK FAOL KASABA UYUSHMASI JAMOASI” KOʻRIK-TANLOVI»
Tabiatni asrash — bugungi kunning muhim vazifasi, kelajak avlod oldidagi yuksak masʼuliyatdir. Atrof-muhit musaffoligini taʼminlash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishda kasaba uyushmalarining ham oʻrni beqiyos.

Shu maqsadda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy komunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qoʻmitasining 2026-yil 25-maydagi 03-09 “s”-son qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi aksiyadorlik kompaniya, jamiyat va korxonalarning kasaba uyushmasi jamoalari oʻrtasida “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” respublika koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

Mazkur koʻrik-tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad — mehnat jamoalarida ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish, atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan ishlarni kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va kasaba uyushmalarining ekologik tashabbuslardagi faolligini oshirishdan iborat.

Tanlov doirasida tashkilotlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasiga munosib hissa qoʻshish, manzarali va mevali daraxtlar ekish, yashil hududlarni kengaytirish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, ish joylarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, elektr energiyasi va boshqa tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, chiqindilarni toʻgʻri boshqarish, ekologik aksiyalar va tadbirlarni tashkil etish ham tanlovning muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Quvonarlisi, “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” MCHJ kasaba uyushmasi jamoasi tanlovda faol ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

“Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” MCHJ kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Avtomobilsiz kun”, “Ekoturizm”, koʻchat ekish, hududlarni tozalash va obodonlashtirish kabi tadbirlar xodimlarni bir maqsad atrofida birlashtirib, ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Tanlov mezonlarida bunday ishlar alohida inobatga olindi.

 “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” koʻrik-tanlovi ana shu ezgu maqsadlarni birlashtirib, eng yaxshi tashabbus va ilgʻor tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar