26 yil davomida oʻtkazilib kelinayotgan mazkur musobaqaning joriy yildagi “Oʻtish” va “Saralash” turnirida vazirlik tizimidagi 21 ta tashkilot jamoasi ishtirok etib, gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdi.
Uchrashuvlar davomida jamoalar sport mahorati, jipslik va gʻalabaga boʻlgan intilishini namoyon etishdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, “Kontakt markazi” MCHJ jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning Toshkent shahar bosqichi gʻolibi boʻldi.
Mazkur musobaqa soha xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqa yakunida barcha ishtirok etgan jamoa aʼzolari Tashkiliy qoʻmita tomonidan munosib taqdirlandi.