9-may — Xotira va qadrlash kuni

12.05.2026
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni yurtimizda yuksak ehtirom bilan nishonlanadigan muhim sanalardan biridir. Ushbu sana munosabati bilan Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi qator tashkilotlarda keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

    Tadbirlarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari hamda yurtimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasi yod etildi. Ularning jasorati va mardligi yosh avlodga ibrat sifatida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, faxriylar holidan xabar olinib, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatildi, esdalik sovgʻalari topshirildi.

    Shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, sayohatlar va madaniy tadbirlar yoshlar ongida vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, tarixiy xotirani asrab-avaylashga yordam beradi. Tadbirlar doirasida sheʼrxonlik kechalari, musiqiy chiqishlar ham boʻlib oʻtdi.

    Mazkur tadbirlar orqali tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, ajdodlarimizning jasoratini eʼzozlash va kelajak avlodni shu ruhda tarbiyalash muhim ekani yana bir bor namoyon boʻldi.

    Xulosa qilib aytganda, 9-may munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda birdamlik, hurmat va ehtirom muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar