Mini futbol (futzal) boʻyicha koʻchma kubok musobaqasining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi

12.06.2026
Mini futbol (futzal) boʻyicha koʻchma kubok musobaqasining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida soha xodimlari oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha “Koʻchma kubok” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yuqori ruh va murosasiz bahslar ostida, 2026-yil 9-12-iyun kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida oʻtkazildi.

 26 yil davomida oʻtkazilib kelinayotgan mazkur musobaqaning joriy yildagi “Oʻtish” va “Saralash” turnirida vazirlik tizimidagi 21 ta tashkilot jamoasi ishtirok etib, gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdi.

Uchrashuvlar davomida jamoalar sport mahorati, jipslik va gʻalabaga boʻlgan intilishini namoyon etishdi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, “Kontakt markazi” MCHJ jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning Toshkent shahar bosqichi gʻolibi boʻldi.

Mazkur musobaqa soha xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Musobaqa yakunida barcha ishtirok etgan jamoa aʼzolari Tashkiliy qoʻmita tomonidan munosib taqdirlandi.

 

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar