XODIMLAR MANFAATI YO‘LIDA

Vazirlik tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni ijtimoiy himoyasini hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish boshlandi.

Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini va qonuniy haq-huquqlarini, ularning huquqiy bilim saviyasini va madaniyatini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnat muhofazasi qonunchiligida nazarda tutilgan kafolatlarni jamoa kelishuvlari va shartnomalari orqali yanada rivojlantirish va takomillashtirish Respublika kengashi hamda uning tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalarining asosiy maqsadi va ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi har yili o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasini imzolab, belgilangan vazifalarni bajarilishi yuzasidan monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Vazirlik tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni ijtimoiy himoyasini hamda ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilash tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirishda amaliy yordam berish maqsadida 2022 yil 24 yanvar kuni qo‘shma buyruq-qaror imzolanib, ikki tomonlama ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Shuningdek, 58ta bandan iborat savolnoma asosida, 2022 yil yanvar va fevral oylarida tanlov asosida hududlardagi korxona va ularning tuman (shahar)dagi tarkibiy tuzilmalarida, xodimlarni mehnat sharoiti, jamoa shartnomasida olingan maburiyatlarni bajarilishini  taxliliy-tanqidiy jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda ishchi guruhi tomonidan Toshkent va Andijon viloyatlarida, shu jumladan Bo‘ka, Piskent va Shaxrixon, Baliqchi tumalaridagi pochta va telekommunikatsiya bog‘lamalari xodimlari mehnat sharoitlari, jamoa shartnomasi orqali berilayotgan imtiyozlar va mehnat muhofazasi tadbirlarini bajarilishi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida “Ochiq muloqot” tarzida davra suhbati o‘tkazildi hamda xodimlarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorlikda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Shuningdek, tegishli mutaxassislar, ya’ni xodimlar bilan ishlash bo‘limi, mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlariga, kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolariga ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar hamda xodimlarga tegishli bo‘lgan buyruqlarni me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish borasida amaliy yordam ko‘rsatildi.