“Vatan bayroği – ğurur timsoli!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati taşkil etildi.

18.11.2026

18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan “Özbektelekom” AK hamda “Özbekiston poçtasi” AJ Xalqaro poçtamt filiallarida “Vatan bayroği – ğurur timsoli!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati taşkil etildi.

Xususan, “Özbektelekom” AKda taşkil etilgan tadbirda Kompaniya Ijroiya apparati, Markaziy hamda “TMS Hub” filiallari xodimlari, yoşlar yetakçilari va faol yoşlar iştirok etişdi. Tadbir avvalida “Özbektelekom” AK boşqaruv raisining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi Murodjon Raximov sözga çiqib, Davlat bayroğining mamlakat suvereniteti, xalqimizning milliy ğururi va birdamligini ifodalovçi muqaddas ramz sifatidagi ahamiyatiga alohida töxtaldi.

Şundan söng, “Özbektelekom” AK boşqaruv raisi maslahatçisi Xurşid Mirzoxidov Davlat bayroğining tarixiy ahamiyati, uning xalqimiz hayotidagi örni hamda xalqaro maydonda Özbekistonning munosib timsoli sifatida namoyon bölişi xususida fikr bildirdi.

Davra suhbati davomida iqtisodiyot fanlari doktori, professor, “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi Sanjar Sobirjonov mavzu yuzasidan maʼruza qildi. Unda Davlat bayroğidagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, ularning tarixiy, maʼnaviy va falsafiy talqinlari, şuningdek, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bölişning fuqarolik masʼuliyati bilan çambarças boğliqligi haqida söz yuritildi.

Tadbir söngida iştirokçilar mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan barça savollarga batafsil javob oldilar.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar