Paxtakor va Zomin tumani axborot-kutubxona markazlarida 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan «Kuçli kasaba uyuşmasi — kuçli jamiyat asosi» mavzusida davra suhbati hamda «Kasaba uyuşmalari — birdamlik va hamjihatlik timsoli» şiori ostida «Zakovat» intellektual öyini taşkil etildi.
Tadbirdan közlangan asosiy maqsad xodimlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, mehnat qonunçiligi, kasaba uyuşmalarining faoliyati va asosiy vazifalarini keng tarğib qilişdan iborat böldi.
Intellektual öyin davomida iştirokçilarga kasaba uyuşmalarining asosiy vazifalari, xodimlarning mehnat huquqlari, Mehnat kodeksi hamda jamoa şartnomasiga oid qiziqarli savollar berildi. Şuningdek, tadbir doirasida «Kasaba uyuşmasi — inson qadri himoyaçisi» mavzusida körgazma taşkil etildi.
Tadbir yakunida faol iştirokçilarga esdalik sovğalari topşirildi.
Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy bilimini oşiriş, ular örtasida özaro hurmat, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.