Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi

06.11.2026
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha köçma Kubogi sohibi maʼlum böldi
Soha xodimlari, şuningdek tizimdagi aksiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, taşkilot va muassasalarning rahbarlari hamda katta yoşdagi xodimlari örtasida sportning qator turlari böyiça musobaqalarni yanada ommalaştiriş va ularning jismonan baquvvat bölişlari uçun kundalik ehtiyojiga aylantiriş borasida ijobiy işlar amalga oşirib kelinmoqda.

Jumladan, Mini futbol sport musobaqasi böyiça 2000-yil Özbekiston Raqamli  texnologiyalar vazirligi, Özbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşining “Köçma kubogi” taʼsis etildi.

Köp yillar mobaynida Raqamli texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda xodimlar, ayniqsa yoş mutaxassislar örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş maqsadida ular uçun yartib berilayotgan şaroit bunga yaqol misoldir.

Soha kubogi uçun 2000-yildan buyon ötkazib kelinayotgan mazkur sport musobaqasi taşkil etilayotgan madaniy-sport tadbirlari içida alohida örin tutadi. Bugungi kunda uşbu sport musobaqasi tobora ommalaşib borib, axborot texnologiyalari korxonalarining barçasida zör qiziqiş bilan ötkazib kelinmoqda. Yildan-yilga musobaqaning saviyasi yuksalib, musobaqa iştirokçilari tomonidan raqobatçilik madaniyati, uyinlarning tartibi va intizom talablari mukamallaşmoqda. Musobaqa iştirokçilari tomonidan kiritib kelinayotgan taklif-istaklar negizida musobaqa Nizomiga qator qöşimça hamda özgartirişlar kiritildi.

26 yil davomida taşkil etib kelinayotgan mazkur musobaqaning respublika bosqiçlari Toşkent, Samarqand, Buxoro, Farğona va Nurafşon şaharlarida ötkazildi.  Bu yiligi musobaqa esa Andijon şahrida taşkil etildi.

Musobaqaning turli bosqiçlarida soha korxona va taşkilotlarining 5,5 mingga yaqin xodimlaridan iborat jamoalar mini futbol böyiça Köçma kubogi sovrinini qölga kiritiş uçun belaşib kelişmoqda.

Musobaqalarning asosiy maqsad va şiori raqamli texnologiyalar sohasidagi korxona, taşkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, xodimlarni, ayniqsa yoş mutaxassislarni salomatligini mustahkamlaş, ularni sportga jalb etiş, mehnatkaşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, sport, jismoniy tarbiya maşğulotlari bilan şuğullanişlari uçun yaratilgan şaroitlardan oqilona foydalaniş, eng asosiysi  jismoniy tarbiya va sportni soha xodimlari hamda ular oila aʼzolarining kundalik turmuş tarziga aylantirişdan iborat böldi.

Mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, xalqimizning osoyişta hayotini taʼminlaşga qodir bölgan aloqa xodim- öğlonlari Vatanga bölgan sadoqatini, öz kasblariga bölgan fidoyiligini, mart, baquvvat ekanligini namoyon etişi uçun saf tortdilar.

Alohida taʼkidlaş joizki, bu yilgi musobaqaning Respublika bosqiçida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda saralaş bosqiçidan ötib kelgan eng kuçli 16 ta jamoa öz maxorati, epçilligi va ahilligi bilan taşkil etilgan şiddatli öyinlarda, oqilona ğoliblikni qölga kiritişdi.

Jumladan, 3-örinni Andijon viloyati hamda Muhammad al-Xoramiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti terma jamoalar, 2-örinni AT “Aloqabank terma jamoasi va 1-örinni “özbekiston poçtasi” AJ Toşkent poçtamti filiali terma jamoasi egalladi.

Kötarinki ruxda, epçillik va misli körilmagan şiddat bilan bölib ötgan musobaqalarda ğoliblik supasiga köratilgan jamoalar maxsus diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi. Mazkur musobaqada iştirok etgan jamoalar turli nominatsiyalar böyiça taqdirlandilar.

Taşkilotçilar nomidan sözga çiqqanlar taʼkidlaganidek:  "Bugungi kunda Raqamli texnologiyalar (IT) sohasi xodimlaridan nafaqat yuqori intellektual salohiyat, balki mustahkam soğliq va jamoaviy birdamlik ham talab etiladi. Tarmoq Kasaba uyuşmasi taşkiloti va vazirlik hamkorligida ötkazilayotgan bu kabi sport tadbirlari xodimlarning salomatligini mustahkamlaş bilan birga, tarmoq korxonalari örtasidagi döstona aloqalarni yanada jipslaştirişga xizmat qiladi."

Şu bilan bir qatorda tarmoq yönalişida faoliyat yuritayotgan kiçik biznes korxonalari xodimlarni kasaba uyuşmasiga jalb etiş orqali ularning böş vaqtlarini sermazmun ötkaziş va soğlom turmuş tarzini rivojlantiriş asosiy maqsad hisoblanadi.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar