Kibersport bo‘yicha turnir o‘tkazildi

14.09.2026
Kibersport bo‘yicha turnir o‘tkazildi
Kibersport bo‘yicha turnir o‘tkazildi
Kibersport bo‘yicha turnir o‘tkazildi
Sportning har qanday turi inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hatto shunday sport turlari borki, insonning fikrlash salohiyatini oshirib, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

“O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab kibersportning Counter-Strike 1.6 turi bo‘yicha tashkil etilgan “Boshqaruv raisi kubogi – 2026” musobaqasi haqida ham ayni shunday deyish mumkin.
 
Kompaniya ijro apparati hamda barcha filiallari xodimlari va yoshlaridan iborat jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘rtasidagi murosasiz va qizg‘in bahslar musobaqaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
 
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar