“Aloqachi” oromgohida yozgi taʼtil zavqi davom etmoqda

10.07.2026
“Aloqachi” oromgohida yozgi taʼtil zavqi davom etmoqda
“Aloqachi” oromgohida yozgi taʼtil zavqi davom etmoqda
“Aloqachi” oromgohida yozgi taʼtil zavqi davom etmoqda
“Aloqachi” oromgohida yozgi taʼtil zavqi davom etmoqda
“Oʻzbektelekom” AK Janubiy filialining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan “Aloqachi” bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohida 2026-yilgi yozgi dam olish mavsumining uchinchi navbatiga tantanali ravishda start berildi. Ushbu navbatda 117 nafar bolajon mazmunli va maroqli dam olmoqda.

Mavsumning birinchi va ikkinchi navbatlarida esa Janubiy filial hamda viloyatdagi soha korxonalari xodimlarining jami 234 nafar farzandi oromgohda sogʻlomlashtirildi va mazmunli hordiq chiqardi.

Oromgohda bolalarning dam olishini qiziqarli va mazmunli tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilgan. Tajribali tarbiyachilar va yetakchilar rahbarligida turli toʻgaraklar faoliyat yuritmoqda, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, intellektual oʻyinlar va sport musobaqalari muntazam oʻtkazilmoqda. Bu esa bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, iqtidorini namoyon etishi va yozgi taʼtilni unutilmas xotiralar bilan oʻtkazishiga xizmat qilmoqda.

Uchinchi navbatning ochilish marosimida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Aslanovich Ishanxodjayev ishtirok etdi. Tashrif davomida u oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar, toʻgaraklar faoliyati hamda tarbiyaviy tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Respublika kengashi raisi dam olayotgan har bir bolaga Respublika kengashining esdalik sovgʻalari va kitoblarini tantanali ravishda topshirdi. Janubiy filial boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan esa barcha bolalarga “Oʻzbektelekom” AK ramzi tushirilgan futbolkalar va sport kepkalari sovgʻa qilindi.

Asror Aslanovich Ishanxodjayevning bolalar bilan samimiy muloqoti, ezgu tilaklari va dildan kechgan suhbatlari ularda koʻtarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar qoldirdi.

“Aloqachi” oromgohida tashkil etilgan bunday mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirish ishlari bolalarning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga xizmat qilib, ularning yozgi taʼtilini haqiqiy bayramga aylantirmoqda.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar