Joriy yilning 11–12-iyul kunlari "EMU EXPRESS" pochtasining Andijon, Farg‘ona, Namangan va Qo‘qon filiallarining 2-bosqich xodimlari uchun Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning muqaddas qadamjolari hamda tarixiy-me’moriy obidalarini ziyorat qildilar. Jumladan:
- Imom al-Buxoriy majmuasi
- Ulug‘bek rasadxonasi
- Xo‘ja Doniyor maqbarasi
- Shohi Zinda majmuasi
- Go‘ri Amir maqbarasi
- O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy sayohat xodimlarning tarixiy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy boyligimiz haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.