Zero, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu sayohat yoshlarni milliy qadriyatlarimizga yanada yaqinlashtirish, ularning qalbida ona Vatanga boʻlgan mehrni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
– Ilgari ham Samarqandda boʻlganman. Ammo bu gal qadim shahar taftini, inshootlarning meʼmoriy jihatdan noyob va ulugʻvorligini teranroq his qildim. Faxr va iftxorga toʻldim. Oʻylaymanki, boshqa tengdoshlarim koʻnglida ham shunday tuygʻular joʻsh urdi, – deydi Dasturiy taʼminotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bosh mutaxassisi Farruxbek Rustambekov.
– Sayohat muloqot maydoniga ham aylandi. 50 nafar oʻz sohalariga shahdam qadamlar bilan kirib kelayotgan ishchi-xodimlar oʻzaro fikr almashib, doʻstlik aloqalarini yoʻlga qoʻydilar. Jamoaviy hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldilar. Kelgusida ham kengash tomonidan yigit-qizlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muntazam amalga oshirishda davom etamiz, – deydi kengashning madaniy-maʼrifiy va sport ishlari boʻyicha mutaxassisi Zuhra Isoqova.
Sayohat ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirib, ularni kelgusida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga ruhlantirdi.
Zebo NAMOZOVA
«ISHONCH»
SAMARQAND SAYOHATI YoSHLARNI YANADA JIPSLASHTIRDI
30-iyun – “Yoshlar kuni”ni har kim turlicha nishonlaydi. Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya sohasida mehnat qilayotgan faol yigit-qizlar uchun esa bu sana Samarqandning koʻhna va betakror tarixiy obidalari ogʻushida maʼnaviy oziq olish va yangi doʻstlar orttirish bilan boshlandi.