“Eng faol elektromontyor”

01.05.2026
“Eng faol elektromontyor”
“Eng faol elektromontyor”
“Eng faol elektromontyor”
“Eng faol elektromontyor”
“Eng faol elektromontyor”
“Eng faol elektromontyor”
“Eng faol elektromontyor”
Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Eng faol elektromontyor” tanlovining respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda hududiy bosqichlarda yuqori natija koʻrsatgan 12 nafar mutaxassis ishtirok etdi.

Final bosqichida ishtirokchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, amaliy koʻnikmalari ham sinovdan oʻtkazildi. Shu jarayonda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish, asbob-uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ish sifatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad – yosh mutaxassislar isteʼdodlarini namoyon qilish, kasbga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash va ragʻbatlantirish, kasbiy mahoratini oshirish hamda oʻzaro tajriba almashishlari uchun sharoit yaratishdan iborat.

Qizgʻin kechgan bellashuvda gʻoliblikni “Markaziy filial” jamoasi qoʻlga kiritdi. Gʻolib va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Asosiy News Appeal Qo'ng'iroq
Asosiy Sahifalar